Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Rasman! "Al-Hilol" Xorxe Jezusni ishdan bo‘shatdi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Uning keyingi manzili noma’lum!

Xorxe Jezus "Al-Hilol" bosh murabbiyi lavozimini rasman tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Jezus 2023 yildan buyon Riyod klubini boshqarib kelayotgan edi. O‘tgan mavsumda jamoa Saudiya Arabistoni chempionati va Qirol kubogini qo‘lga kiritdi.

Saudiya manbalarining xabar berishicha, Jesusning ketishiga asosiy sabab jamoaning Elit Chempionlar ligasidagi mag‘lubiyati. Turnirning yarim finalida "Al-Hilol" "Al-Ahli"ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Eslatib o‘tamiz,  Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida "Al-Hilol" turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa 29 uchrashuvda 62 ochko jamg‘argan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q