
Rasman! Aleshandre Pato “San-Paulu”dan ketdi
“Milan” klubi va Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Aleshandre Pato “San-Paulu”ni tark etganini ma’lum qildi.
“Faoliyatimdagi yana bir muhim bosqich bugun yakunlandi. “San-Paulu”ga ushbu 17 oy birgalikdagi ish davomida qo‘llab-quvvatlagani, ishongani va professionalligi uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Jamoa muxlislari va futbolchilaridan ham minnatdorman.
Yana bir bor “San-Paulu” libosini kiyish sharafiga muyassar bo‘lganimdan faxrlanaman”, - deb yozadi Pato tvitterdagi sahifasida.
Pato bungacha 2014-2015 yillarda ham “San-Paulu”da to‘p surgan.
Fikrlar