
Rasman! "An-Nasr" Maneni o‘zgacha uslubda tanishtirdi (video)
"Bavariya" futbolchisi Sadio Mane rasman Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi a’zosiga aylandi. Bu haqda riyodliklar matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar berdi.
Futbolchi yangi jamoasida "Liverpul"da bo‘lgani kabi 10-raqam ostida to‘p tepadi. "Bavariya"da u 17-raqamni tanlagandi.
Ma’lumot o‘rnida, "An-Nasr" bundan oldin Aleks Telles va Marselo Brozovich kabi legionerlar transferini ham e’lon qilgandi.
Fikrlar