Rasman! Ander Erreraning MYudan ketishi e’lon qilindi

  • 11.05.2019 14:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" klubi o‘zining tvitterdagi rasmiy sahifasi orqali ispaniyalik yarim himoyachi Ander Erreraning jamoadan ketishi haqida ma’lum qildi.

“Men uchun Angliyaning eng zo‘r klubida o‘ynash faxr. Ajoyib o‘tgan besh yil uchun rahmat”, - deydi Errera.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 29 yoshli futbolchi faoliyatini PSJda davom ettirishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!