Rasman! Andre Villash-Boash - "Marsel" bosh murabbiyi
Portugaliyalik mashhur mutaxassis Andre Villash-Boash rasman "Marsel" bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Frantsuz klubi rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 41 yoshli murabbiyi marselliklar bilan 2 yillik shartnoma imzolagan. Uning maoshi esa yiliga 7 million evroni tashkil etadi.
Ta’kidlash kerakki, Villash-Boash jamoa murabbiylar shtabiga portugaliyalik mashhur himoyachi Rikardu Karvalyuni ham jalb etdi.
Ma’lumot uchun, Villash-Boash murabbiylik faoliyati davomida "Shanxay SIPG", "Zenit", "Tottenxem", "Chelsi" va "Portu" kabi klublarni boshqargan.
Eslatib o‘tamiz, "Marsel" rahbariyati jamoa mavsumni 5-o‘rinda yakunlagani uchun Rudi Garsiyani bosh murabbiy lavozimidan ozod etgan edi.
Fikrlar