Rasman! Angliya klubi bu mavsum uchinchi bosh murabbiyni haydadi
Angliya Premier-ligasining 26-turidan keyin quyi ligaga tushib ketadigan xavfli hududga yaqinlashib qolgan “Nottingem Forest” klubi rahbariyati keskin qaror qabul qildi.
“O‘rmonchilar” jamoani boshqarib kelayotgan taniqli mutaxassis Shon Daychni bosh murabbiylik lavozimidan ozod etdi. Bu haqida klub rasmiy e’lon berdi.
- “Nottingem Forest” futbol klubi rasmiy tasdiqlaydiki, Shon Daych bosh murabbiy vazifasidan ozod etildi. Biz Shon va uning murabbiylar shtabiga klubdagi mehnati uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda ularga kelgusi faoliyatida omad tilaymiz. Ayni paytda qo‘shimcha izohlar berilmaydi, - deyiladi jamoaning rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotda.
Ta’kidlash joizki, “Nottingem Forest” joriy mavsumda hozirgacha uchinchi bosh murabbiyni ishdan bo‘shatdi. Bundan avval klub Nunu Eshpiritu Santu va Angelos Postekoglu bilan hamkorlik shu tarzda to‘xtatilgan edi.
Ayni paytda klub, musobaqa jadvalida 17-o‘ringa tushib qolgan jamoani Angliya Premier-ligasida olib qolishga qodir mutaxassis qidirmoqda.

Fikrlar