Rasman! Angliya superklubi mashhur murabbiyni haydadi

  • 29.03.2026 21:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasida inqirozdan chiqa olmayotgan Londonning “Tottenxem” klubi jamoa bosh murabbiyi Igor Tudor bilan xayrlashganini rasmiy e’lon qildi.

- Biz o‘zaro kelishuv asosida bosh murabbiy Igor Tudor klubni tark etayotganini tasdiqlaymiz.

Tomislav Rogich va Rikkardo Ragnacchi ham mos ravishda darvozabonlar murabbiyi va jismoniy tayyorgarlik murabbiyi lavozimlaridan ozod etildi.

Biz Igor, Tomislav va Rikkardoga so‘nggi olti hafta davomidagi mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz, ular bu vaqt ichida tinimsiz ishlashdi.

Shuningdek, biz Igorga yaqin insonini yo‘qotgani munosabati bilan hamdardlik bildiramiz va bu og‘ir paytda unga, oilasiga qo‘llab-quvvatlash namunasi ko‘rsatamiz.

Yangi bosh murabbiy haqida ma’lumot yaqin vaqtda taqdim etiladi, — deyiladi “Tottenxem”ning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval London klubi Angelos Postekoglu va Tomas Frank bilan ham orani ochiq qilgan edi. Shu tariqa “Tottenxem” bir yil ichida uch nafar bosh murabbiyni ishdan bo‘shatgan.

Tudor “Tottenxem”ni 14 fevraldan beri boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa 7 ta o‘yindan 5 tasida mag‘lub bo‘ldi.

Hozirgi vaqtda jamoa 30 ochko bilan APL jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi va tushib ketish zonasidan atigi bir ochko oldinda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!