Rasman! APLni tark etadigan ilk jamoa nomi ma’lum bo‘ldi
Bugun APLda 32-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Jumladan, "Vulverxempton" o‘z maydonida "Sheffild Yunayted"ni qabul qildi.
Villian Joze tomonidan kiritilgan yagona gol mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
Ushbu o‘yindan so‘ng, "Vulverxempton" o‘z hisobidagi ochkolar sonini 41 taga etkazib oldi va 12-o‘ringa ko‘tarildi. "Sheffild Yunayted" esa 14 ochka bilan so‘nggi 20-o‘rinni egallab turibdi.
Afsuski, bu jamoa mavsumning qolgan qismida qanday natija qayd etishidan qat’i nazar, premer-ligadagi o‘rnini yo‘qotdi. Endi “Sheffild Yunayted” yangi mavsumni Chempionshipda boshlaydi.

Fikrlar