
Rasman! "Arsenal" Chempionlar ligasida o‘ynamaydi
Kelasi mavsum Chempionlar ligasida "Arsenal"ning ishtirok etmasligi aniq bo‘ldi.
Kecha "Chelsi"ning "Manchester Siti" (1:2) ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng, "kanonirlar" EChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyatini butkul yo‘qotdi.
"Arsenal"da Chempionlar ligasiga Evropa ligasi orqali yo‘l olish imkoniyati ham mavjud edi. Biroq londonliklar yarim finalda "Vilyarreal"ga (1:2, 0:0) imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
"Arsenal" Chempionlar ligasida so‘nggi bor 2017/18 yilgi mavsumda ishtirok etgan edi. O‘shanda jamoani Arsen Venger boshqargan.
Fikrlar