Rasman! "Arsenal" Edegor bilan yangi shartnoma imzoladi
"Arsenal" sardori Martin Edegor London klubi bilan 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda “kanonirlar” matbuot xizmati xabar berdi.
Edegorning "Arsenal" bilan oldingi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan edi. Yarim himoyachi taklif qilingan barcha shartlardan qoniqish hosil qilgani uchun yangi shartnomaga rozi bo‘ldi.
Yangi mavsumda Martin Angliya premer-ligasida beshta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi. Norvegiyalik yarim himoyachi dekabr oyida 25 yoshga to‘ladi.



Fikrlar