
Rasman! "Arsenal"ning sobiq futbolchisi "Vilyarreal" bilan shartnoma imzoladi
"Valensiya" klubi yarim himoyachisi Fransis Koklen faoliyatini "Vilyarreal"da davom ettiradigan bo‘ldi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, 29 yoshli futbolchining transferi “sariq suv osti kemasi”ga 8 million evroga tushgan. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma esa 2024 yilga qadar imzolangan.
Koklen "Valensiya" safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 89 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U bungacha "Arsenal", "Loryan", "Frayburg" va "Charlton" klublarida to‘p surgan.
Fikrlar