Rasman: Babayan "Andijon" bosh murabbiyligidan ketdi!
"Andijon" bosh murabbiyi Samvel Babayan qoniqarsiz natijalardan so‘ng iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Bu haqida mutaxassis OKMKdan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin aytdi.
"Rahbariyat bilan gaplashdik va jamoani boshqasi boshqarishi kerak. Men va mening murabbiylar shtabi iste’foga chiqamiz.
Fursatdan foydalanib, “Andijon” klubiga omad tilayman. Birinchi navbatda vaziyatni o‘nglashini xohlayman. Chempionat va Kubokda yaxshi natijalarga erishishini tilab qolaman. Shuningdek, maksimal darajada kurashgan futbolchilarni ham e’tirof etaman. Ular qo‘llaridan kelganicha harakat qilishdi.
Barcha muxlislarga jamoamizni to‘xtamay qo‘llab-quvvatlab turgani uchun katta rahmat. Bu yerda ishlagan vaqt mobaynida mehnatimizni qadrlab, olqishlaganlari uchun ishqibozlardan minnatdorman. Nodir To‘ychiyevga alohida rahmat — u jamoani doim qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Uning boshchiligidagi fan-klub mamlakatimizdagi eng yaxshilardan biri. Bunday muxlislar ko‘p narsaga loyiq.
Hammaga rahmat. O‘ylaymanki, “Andijon”da barchasi yaxshi bo‘ladi", — dedi Samvel Babayan.
Ma’lumot uchun, "burgutlar" ayni paytda 6 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar