Rasman! Balotelli B Seriya klubi bilan shartnoma imzoladi
"Inter" va "Milan" klublari sobiq hujumchisi Mario Balotelli Italiya B Seriyasida ishtirok etuvchi "Montsa" klubi bilan shartnoma imzoladi.
Ta’kidlash kerakki, Silvio Berluskoniga tegishli bo‘lgan ushbu jamoa 30 yoshli futbolchi bilan 2021 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolagan. Mario yangi jamoasida 45-raqamda to‘p suradigan bo‘ldi.
Ayni damda "Montsa" safida "Milan"ning sobiq futbolchilari – Kevin-Prins Boateng va Gabriel Paletta ham to‘p surmoqda. Jamoa B Seriyada 14 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.



Fikrlar