Rasman! "Barsa" futbolchisi Segundaga yo‘l oldi

  • 12.07.2022 16:32
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Barselona B" a’zosi Mateus Pereyra da Silva faoliyatini Ispaniyaning boshqa jamoasi va boshqa ligasida davom ettiradigan bo‘ldi. 

Segunda vakili hisoblanmish "Eybar" 24 yoshli braziliyalik transferini e’lon qildi. Klub u bilan 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Transfer summasi hozircha noma’lum. 

Ma’lumot o‘rnida, "Eybar" o‘tgan mavsum Segundada 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Jamoa o‘tish o‘yinida mag‘lub bo‘lib, La Liga yo‘llanmasidan quruq qolgan. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!