Rasman! "Bavariya" Myuller bilan shartnoma uzaytirilganini ma’lum qildi (foto)

Germaniyaning amaldagi chempioni "Bavariya" jamoasi futbolchi Tomas Myuller bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Yangi bitimga ko‘ra, Tomas 2025 yil 30 iyuniga qadar myunxenliklar safida to‘p tepish huquqiga ega bo‘ladi. U asosiy jamoaga 2008 yil kelib qo‘shilgandi. 

Ma’lumot o‘rnida, Myuller "Bavariya" libosida 684 ta o‘yin o‘tkazib, 237 ta gol va 261 ta assist muallifi bo‘lgan.  

myuller

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!