Rasman: Bektemir Meliqo‘zievning jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi
Professional boksning super o‘rta vazn toifasida (76,2 kg) faoliyat olib borayotgan bokschimiz Bektemir Meliqo‘ziev (8-1, 6KO) 19 mart kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Los-Anjeles shahrida joylashgan "USC Galen Center" arenasiga bo‘lib o‘tadigan professional boks oqshomida ringga ko‘tariladi. 10 raund etib belgilangan bahsda Meliqo‘zievga kanadalik Devid Zegarra 34-7, 21KO) raqiblik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Meliqo‘ziev 2021 yil 17 dekabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida rossiyalik Sergey Ekimovni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etgan edi.
Fikrlar