Rasman! "Bunyodkor" klubi futbolchisi Evropa jamoasiga o‘tdi (Foto)
Joriy mavsum yarmidan "Bunyodkor" safiga kelib qo‘shilgan Shohruh Gadoev yana ligionerga aylandi.
Gadoev Evropa mintasiga kiruvchi Ozarboyjon chempionatida to‘p tepadi. Hamyurtimiz "Keshlya Baku" klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
27 yoshlik yarim himoyachi faoliyatini "Nasaf"da boshlab, keyinchalik Bahrayn va Janubiy Koreyada ham to‘p tepdi. Bu mavsum o‘rtasida "qaldirg‘ochlar" safiga qaytgan futbolchi endi "Keshlya Baku" futbolchisiga aylandi.
Fikrlar