
Rasman! "Bunyodkor" "Qizilqum" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi
O‘tgan mavsumni Navoiyning "Qizilqum" jamoasida o‘tkazgan Suhrob Yarashev faoliyatini "Bunyodkor"da davom ettiradi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar tarqatdi.
22 yoshli himoyachi "qaldirg‘ochlar" bilan yil 2022 yilga qadar mo‘ljallangan bitimga imzo chekdi. Ma’lumot uchun, Yarashev o‘tgan mavsum Superligada 6 bahsda maydonga tushgan edi.
Fikrlar