
Rasman! Deyan Jurjevich "Navbahor" klubi bosh murabbiyi (Foto)
Bugun "Navbahor" klubida jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat futboli va klub rahbarlari ishtirok etdi.
Taqdirlash marosimida klub prezidenti Sh.Abdurazoqov jamoaning yangi bosh murabbiyi Deyan Jurjevichni tanishtirdi va shartnoma imzolashdi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskis ketma-ket to‘rtta durangdan keyin iste’foga chiqarilgandi. 12-tur doirasidagi «Navbahor» - «Buxoro» o‘rtasidagi uchrashuvni esa u tomoshabin sifatida kuzatgandi.
Fikrlar