Asosiy mazmunga oʻtish

Rasman! Drikus Dyu Plessi va Israel Adesanya "UFC 305" turnirida jang qiladi!

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Ular o‘rtasidagi to‘qnashuv turnirning markaziy jangi bo‘ladi.

O‘rta vazn (83,9 kg) toifasida UFC chempioni Drikus Dyu Plessi(21-2) 17 avgust kuni Avstraliyada bo‘lib o‘tadigan "UFC 305" turnirida sobiq chempion Israel Adesanyaga qarshi jang qiladi. Bu haqda bir kun avval rasman e’lon qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, Adesanya (24-3) so‘nggi jangini o‘tgan yilning sentyabr oyida o‘tkazgan va u Shon Striklendgaimkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Dyu Plessiga kelsak, u avvalgi jangini shu yilning yanvar oyida o‘tkazgan va Striklendni mag‘lub etib, undan chempionlik kamarini tortib olgandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q