Rasman! Eng boy klubni besh futbolchi tark etdi

  • 29.05.2024 20:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Joriy mavsum yakunlari bo‘yicha Evrokuboklarga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmagan “Nyukasl”da tarkibni tozalash boshlandi.

Saudiyalik investorlar qo‘liga o‘tganidan keyin eng badavlat klublaridan biriga aylangan “Nyukasl” so‘nggi mavsumlarda bir necha transferlarni amalga oshirgan bo‘lsa-da, hali o‘yinlarda barqarorlikni ta’minlay olgani yo‘q.

Yozgi transferlar vaqtida yangi ijrochilar taklif etiladi. Hozircha klub, besh nafar futbolchini kuzatib qo‘yganini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, jamoani darvozabon Loris Karius, himoyachilar Pol Dammett va Kell Uotts,  yarim himoyalar Jeff Xendrik hamda Mett Ritchi tark etdi.

Ular klub bilan shartnomasi yakunlangani bois erkin agent maqomida boshqa ish joyi qidiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!