Rasman! Eron JCh-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Bundan biroz avval JCh-2022 saralashining Osiyo mintaqasi 3-raund 7-turidan o‘rin olgan Eron hamda Iroq terma jamoalari bahsi o‘z yakuniga etdi.
Tehrondagi mashhur “Ozodi” stadionida kechgan o‘yin 1:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona golga 48-daqiqada Mexdi Taremi mualliflik qildi.
E’tiborlisi, Eron ushbu g‘alabadan so‘ng “A” guruhida muddatidan avval JCh-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar