
Rasman! "Everton" APLda qolish masalasini ijobiy hal qildi
Kecha APL 35-turida "Everton" o‘z uyida "Brentford"dan ustun keldi. Shu tariqa, jamoa ochkolari sonini 36 taga etkazib qo‘ydi.
O‘z navbatida, "Everton" kabi ligada qolish uchun kurashayotgan "Luton Taun" esa safarda "Vulverxempton"ga yutqazib qo‘ydi - 1:2. Shu orqali Liverpul shahri jamoasi va 18-o‘rindagi "Luton" bilan oradagi farq 11 tani tashkil etadi. Oldinda 3 ta o‘yini qolganini inobatga olsak, "Everton" har qanaqasiga ligadan tushib ketmaydi.
Endi APLda jon saqlash uchun kurash "Byornli", "Luton Taun", "Nottingem Forest" va "Brentford" jamoalari o‘rtasida kechadi. Oldinroq, "Sheffild"ning muddatidan oldin Chempionshipga tushib ketgani haqida xabar bergandik.
Fikrlar