Rasman. "Fenerbaxche" portugaliyalik himoyachini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 01.08.2025 01:56
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi portugaliyalik himoyachi Nelson Semedu bilan shartnoma imzolagani haqida e’lon qildi.

31 yoshli futbolchi "Vulverxempton" klubini erkin agent sifatida tark etdi va yangi jamoasi bilan 2 yillik kelishuvga erishdi.

Semedu so‘nggi 5 mavsumni APLda o‘tkazgan. Undan avval esa "Barselona" va "Benfika" klublarida to‘p surgan. 

Nelson "bo‘rilar" safida umumiy 182 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol urgan va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!