Rasman! Grizmann sobiq jamoasiga qaytdi

  • 1 sentabr, 2021, 06:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann yana "Atletiko" Madridga qaytdi. Bu haqda "matraschilar" rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Klublar yozgi transfer oynasi yopilishidan bir daqiqa oldin transferni yakunlashga muvaffaq bo‘lishdi.

"Atletiko" frantsiyalik futbolchini 10 million evro evaziga bir yilga ijaraga olgan. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, ijara muddati yakunlangach Madrid klubi Antuanni 40 million evro evaziga to‘liq sotib olish huquqiga ega.

30 yoshli Grizmann “Barselona” safiga aynan "Atletiko"dan ko‘chib o‘tgan edi. U 2014-2019 yillarda “matraschilar” sharafini himoya qilgan. Shundan so‘ng kataloniyaliklar uni 120 million evro evaziga sotib olishgan.

Grizmann “Barsa” safida jami 102 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 35 ta gol hamda 17 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!