Rasman! Gvardiola “Siti” bilan yangi shartnoma imzoladi. Uning muddati qachongacha? (foto)
Xosep Gvardiola “Manchester Siti” bilan yangi shartnoma tuzdi. Yangi kelishuvga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis 2022-2023 yilgi mavsum yakunigacha “shaharliklar” boshqaruvida qoladi.
- “Manchester Siti”ga kelganimdan buyon bu erga ko‘nikib qoldim. Klubdagi hamma – futbolchilar, xodimlar va muxlislar menga yaxshi munosabatda bo‘ldi. Kelganimdan beri ko‘p narsaga erishdik, Sovrinlarni qo‘lga kiritdik. Bulardan faxrlanamiz.
Klubdagilar men o‘z ishimni yaxshi bajarishim uchun o‘zim istagan barcha narsani muhayyo qilishdi. Bundan buyon ham “Manchester Siti”ga yordam berishga tayyorman, - dedi Gvardiola.

49 yoshli mutaxassis “Manchester Siti”da 2016 yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Gvardiola boshchiligida jamoa ikki marta mamlakat chempioni va Superkubok g‘olibi bo‘ldi, bir marta Angliya kubogi va uch bor Liga kubogini qo‘lga kiritdi.
Gvardiola qo‘l ostida jami 245 ta o‘yin o‘tkazgan jamoa shundan 181 tasida zafar quchdi.

Fikrlar