Rasman! Ikrom Aliboevning yangi jamoasi ma’lum (Foto)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Ikrom Aliboev "Daejeon Xana" a’zosiga aylandi. Bu haqda Koreya klubi rasman e’lon qildi.

Aliboevning  SPORTS.uz saytiga ma’lum qilishicha, futbolchi yangi jamoasi bilan 1+2 ko‘rinishida shartnoma imzoladi. Legionerimiz ushbu klub safida 6-raqamda harakat qiladi.

aliboyev

Avvalroq, 27 yoshli futbolchi "Seul" bilan ikki tomonning roziligi bilan shartnomani bekor qilgandi.

Ma’lumot uchun, "Daejeon Xana" Koreya K2 ligasida ishtirok etadi. Jamoa ayni damda  4-turdan so‘ng 6 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!