Rasman! JCh-2022da 32ta terma jamoa ishtirok etadi

  • 23 may, 2019, 09:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO
2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati musobaqasida 32ta terma jamoa qatnashadi. Bu haqida FIFA rasman ma’lum qildi.  Bo‘lajak mundialda terma jamoalar sonini 32tadan 48taga oshirish masalasi har tomonlama o‘rganib chiqilgan hamda hozirda bu qarorni qabul qilishning ilojisi yo‘q ekanligi bo‘yicha xulosaga kelingan.

FIFA agar Jahon chempionati ishtirokchilari soni 48taga oshadigan bo‘lsa musobaqani qabul qiladigan Qatar mamlakati tashkiliy masalalarni hal qilishga ulgurmasligini inobatga olib, hozircha bu qarordan voz kechdi. 
 
Shu tariqa Jahon chempionati saralash bahslari ham hech qanday o‘zgarishlarsiz avvalgi formatda o‘tadi. 5 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan FIFAning navbatdagi kongressida Jahon chempionati ishtirokchilari sonini oshirish masalasi muhokama qilinmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Gaffarov Muzaffar
23/05/2019 14:09
Futbolimiz teppasida o'torganladan tortib uborshitsasigacha almashtirish kerak ras mundialga chiqishni niyat qilinsa. Eng avvalo anavu Omon G'ofurov va uning atrofidagi laganlani zudlik bilan xaydash kerak. Ichki chempiont 9-turga keliboq tugadi. Xammasiga PFL ni tarafkalshligi sababchi, xakamlarni iflos qarorlari bilan Paxtakor xozirgi kunga keliv katta atriv bilan oldinga o'tib ketti. Bu iflos raxbarlarga bizni jaxon chempionatoga chiqishimiz muxim emas Paxtakorni nima qilib bo'lsaxam chempion qilish muxim. Chunki Shota va Ligeonerlar orqasidan egan atkantlani tezroq yopish kerak xomiylani oldida. Umid Axmadjonovxam bir arava bo'x ekan boshqa gapim yo'q.
АС МИЛАН
23/05/2019 13:34
Аслида шу 32 талик энг яхши формат... Ўзбекистон чемпионати савияси шунақа бўлаверса кучли футболчиларимиз кучлироқ чемпионатларга ўтишмаса яна ўша гап ҳар баҳор келади такрор