Rasman! "Jenoa" Shevchenkoni iste’foga chiqardi

  • 15 yanvar, 2022, 17:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Jenoa" o‘zining rasmiy sayti orqali bosh murabbiy Andrey Shevchenkoni iste’foga chiqarilganini e’lon qildi.

Tecno

“Klub murabbiy va uning xodimlariga so‘nggi oylarda qilgan mashaqqatli mehnati uchun minnatdorchilik bildiradi”, - deyiladi klub xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 45 yoshli ukrainalik mutaxassis genuyaliklarni 2021 yilning 7 noyabridan buyon boshqarib kelayotgan edi. Shevchenko boshchiligida “Jenoa” jami 11 ta o‘yin o‘tkazdi va ularning bor yo‘g‘i 1 tasida g‘alaba qozondi. Ushbu yagona g‘alaba Italiya kubogi doirasida “Salernitana” (1:0) ustidan qo‘lga kiritilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, “Jenoa”ni Rudi Garsiya boshqarishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!