Rasman! "Jenoa"ning sobiq bosh murabbiyi Turin klubi ustoziga aylandi

  • 19.01.2021 15:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Torino” o‘zining rasmiy saytida jamoaning sobiq bosh murabbiyi Marko Jampaolo o‘rniga Davide Nikolani tayinlanganini ma’lum qildi.

“Klub rahbariyati Davide Nikolani mamnuniya bilan qarshi oladi va uning faoliyatiga muvaffaqiyat tilaydi”, - deb yoziladi klub xabarida.

47 yoshli italiyalik mutaxassisning so‘nggi ish joyi “Jenoa” klubi bo‘lgan edi. U genuyaliklar safini 2020 yilning 26 avgust sanasida tark etgan edi.

“Torino” 18 turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvalida 13 ochko bilan 18-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!