Rasman: Joau Kanselu "Barselona"ga qaytdi

  • 13.01.2026 21:25
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Portugaliya terma jamoasi a’zosi Joau Kanselu rasmаn "Barselona" futbolchisiga aylandi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, kataloniyaliklar Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasidan Kanseluni mavsum oxirigacha ijaraga oldi. Futbolchi "ko‘k-anorranglilar" safida 2-raqam ostida to‘p suradi.

Ma’lumot uchun, Joau avval ham "ko‘k-anorranglilar" sharafini himoya qilgan. U 2023/24 yildgi mavsumda barcha musobaqalar doirasida 42 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!