
Rasman! Kannavaro Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
BBC nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Kannavaro "Guanchjou Evergrand"ni ham boshqarishda davom etadi. U mazkur jamoani 2017 yildan buyon boshqarib keladi.y
Eslatib o‘tamiz, Xitoy terma jamoasi Osiyo kubogidan buyon bosh murabbiysiz qolayotgan edi. Qit’a birinchiligidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Marchelo Lippi iste’fo bergan edi.
Kannavaro qo‘l ostida xitoyliklar o‘zlarining dastlabki bellashuvlarini China Cup turniri doirasida Tailandga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar