Rasman! Klaudio Raneri APL klubi bosh murabbiyiga aylandi

  • 4 oktabr, 2021, 22:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Uotford" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali Klaudio Ranerini jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida e’lon qildi.

69 yoshli italiyalik mutaxassis APL klubi bilan 2023 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. Raneri ushbu lavozimda yaqinda iste’foga chiqarilgan Xiskoning o‘rnini egalladi.

“Uotford” ortda qolgan 7 tur natijalariga ko‘ra, APL musobaqa jadvalida 7 ochok bilan 15-o‘rinda bormoqda.

Ma’lumot uchun, Raneri murabbiylik faoliyati davomida "Vigor Lametsiya", "Puteolanu", "Kalyari", "Napoli", "Fiorentina", "Valensiya", "Atletiko", "Chelsi", "Parma", "Yuventus", "Roma", "Inter", "Monako", "Lester", "Nant", "Fulxem", "Sampdoriya" va Gretsiya terma jamoasini boshqargan. Uning boshqaruvidagi “Lester” 2015/2016 yilgi mavsumda sensatsion tarzda APL chempionligini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!