Rasman! Lautaro Ukraina chempionatiga ko‘chib o‘tdi

  • 14.04.2021 11:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Ukrainaning "Lvov" o‘zining rasmiy saytida argentinalik yarim himoyachi Novach Iglesias Lautaro Urielning transferini e’lon qildi.

23 yoshli futbolchi yangi jamoasiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shilgan. Hozircha shartnoma bandlari haqida ma’lumot oshkor etilmayapti.

Lautro bunga qadar Argentinaning "Kilmes" va "Santamarina" klublarida to‘p surgan. U joriy mavsum oxirigacha “Lvov”ning o‘rinbosarlar jamoasida o‘ynaydi. U kuni kecha Ukraina yoshlar chempionatining 21-turidan o‘rin olgan “Vorskla”ga (2:5) qarshi o‘yinda maydonga tushdi va 25 daqiqa harakat qildi.

Ta’kidlash kerakki, Milanning “Inter” klubida yana bir Lautaro ismli argentinalik futbolchi harakat qiladi. Martinezs joriy mavsum “neradzurrilar” safida jami 40 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 17 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!