Rasman! "Lester" afsonasi Frantsiya klubiga yo‘l oldi

  • 04.08.2022 00:17
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Darvozabon Kasper Shmeyxel "Lester"dan "Nitstsa" safiga ko‘chib o‘tdi. 

Frantsiya klubi 35 yoshli posbon transferini e’lon qildi. U Frantsiya jamoasi bilan 3 yilga mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. 

Transfer summasi bonuslarni hisobga olmaganda, 1 milion evroni tashkil qiladi. Qayd etish lozim, daniyalik darvozabon 2011 yildan buyon "tulkilar" sharafini himoya qilib kelayotgandi. 

U 2016 yilda "Lester" bilan APL chempionligini qo‘lga kiritgan. O‘tgan mavsumda tajribali posbon APL doirasida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 57 ta gol o‘tkazib yuborgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!