
Rasman: "Lokomotiv" yana bir futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib oldi
Ikki yillik tanaffusdan so‘ng mohir yarim himoyachi Sadriddin Abdullaev yana qadrdon jamoasi "Lokomotiv"ga qaytdi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Ma’lumot uchun, Sadriddin Abdullaev 2010, 2012, 2013, 2014, 2016, 2017, 2018 yilgi mavsumlarni "temiryo‘lchilar" tarkibida o‘tkazib, jamoa safida 100dan ziyod o‘yinda maydonga tushgan.
Abdullaev oxirgi marta "Loko" libosida 2018 yil O‘zbekiston chempionatida 22ta bahsda to‘p tepgandi. U oxirgi ikki yilni "Paxtakor"da o‘tkazganidan xabaringiz bor.
Fikrlar