
Rasman! "Lokomotiv" yangi bosh murubbiyni e’lon qildi (foto)
Grigoriy Kolosovskiy "Lokomotiv" bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda "temiryo‘lchilar" matbuot xizmati xabar berdi.
"Klubimiz bugun Grigoriy Anatolevichni bosh murabbiy sifatida O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkazdi. Murabbiylar shtabida Denis Toymensov yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.
Mavsumning qolgan uchta o‘yinida Grigoriy Kolosovskiy jamoani boshqaradi. Ma’lumot uchun, ushbu mutaxassis 2019 yilning ikkinchi yarmida ham jamoamizda faoliyat yuritgan.
Grigoriy Anatolevich bilan 2024 yil oxirigacha shartnoma imzolandi. Navbatdagi o‘yinlarda yangi bosh murabbiyimizga omad va zafarlar tilab qolamiz", - deyiladi klub xabarida.
Fikrlar