Rasman! Luis Suares "Gremio" futbolchisi

  • 31 dekabr, 2022, 21:58
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rasman Luis Suares Braziliyanig "Gremio" klubiga o‘tdi. U yangi jamoasi bilan ikki yillik shartnomaga qo‘l qo‘ydi.

Urugvayli futbolchi mavsumni "Nasional"da boshlagandi, lekin amaldagi shartnoma bekor qilinib hujumchi erkin agentga aylangandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Suaresga MLS va Saudiya klublaridan takliflar kelgan. Ammo 35 yoshli futbolchi "Gremio"ni tanladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!