Rasman. "Manchester Yunayted" Harri Maguayr bilan shartnomani uzaytirdi
"Manchester Yunayted" klubi himoyachi Harri Maguayr bilan shartnoma uzaytirilganini rasmiy e’lon qildi.
Klub va 33 yoshli futbolchi o‘rtasidagi yangi kelishuv 2027 yil yozigacha amal qiladi. Shuningdek, shartnomada yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham kiritilgan.
Maguayr "Yunayted" safiga 2019 yilda qo‘shilgan edi. Shu vaqtdan beri u jamoa tarkibida 266 ta uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lib, 17 ta gol urgan va 9 ta golli uzatma mualliflik qilgan.

Fikrlar