Rasman! Marselo sobiq klubiga qaytdi
Rasman Marselo Braziliya chempionatiga qaytdi. U o‘z faoliyatini boshlagan "Fluminense" futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sahifalarida e’lon qildi.
32 yoshli himoyachi avvalroq "Olimpiakos" bilan amaldagi shartnomasini bekor qilib, erkin agentga aylangan. Uning "An-Nasr"ga o‘tishi haqida ham mish-mishlar bor edi. Ammo Marselo o‘z vataniga qaytishni tanladi.
Ma’lumot uchun, sobiq "Real" futibolchisi "Fluminense" tarkibida 2005/2006 yillarda o‘ynagan. U klub safida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar