
Rasman: Milan klubi Mozes transferini e’lon qildi
"Chelsi" yarim himoyachisi Viktor Mozes Milanning "Inter" klubiga ijara asosida ko‘chib o‘tdi. Bu haqida milanliklar rasmiy matbuoti xabar berdi.
Xabarlarga ko‘ra, "neradzurrilar" 29 yoshli nigeriyalik futbolchini 12 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi
Yarim himoyachi uchun Antonio Konte begona emas. Oldinroq futbolchi va murabbiy "Chelsi" safida birgalikda ishlashgan edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumning dastlabki yarmini Mozes Turkiyaning "Fenerbaxche" klubida ijara asosida o‘tkazdi.
Fikrlar