Rasman! "Milan" Maldini bilan shartnomani uzaytirdi
"Milan" klubi o‘zining rasmiy saytida hujumchi Daniel Maldini bilan shartnomani uzaytirgani haqida ma’lum qildi.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra "rossonerilar" va 18 yoshli futbolchi o‘rtasidagi kelishuv 2024 yilga qadar imzolangan.
Ta’kidlash kerakki, Daniel "Milan" afsonalaridan biri - Paolo Maldinining farzandi hisoblanadi. Maldini ayni damda jamoada texnik direktor lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Ma’lumot uchun, Daniel Maldini joriy mavsum “Milan”ning yoshlar jamoasida 5 ta o‘yinda ishtirok etdi va 3 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar