Rasman! Montella - "Fiorentina" bosh murabbiyi

  • 10.04.2019 20:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Fiorentina" klubi o‘zining rasmiy saytida Vinchentso Montellani bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qildi.

Ta’kidlash kerakki 44 yoshli italiyalik mutaxassis ushbu lavozimda Stefano Piolining o‘rnini egalladi. Tomonlar 2021 yilga qadar shartnoma imzolashgan.

Eslatib o‘tamiz, Montella uchun “Fiorentina” begona emas. U 2012-2015 yillarda “binafsharanglilar”ga ustozlik qilgan.

Ma’lumot uchun, Montella faoliyati davomida "Roma", "Kataniya", "Sampdoriya", "Milan" va "Sevilya" kabi jamoalarni boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!