Rasman! Morata yangi mavsumni qaysi jamoada boshlashi aniq bo‘ldi

  • 16.06.2021 10:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyalik hujumchi Alvaro Morata yangi mavsumni ham "Yuventus"da o‘tkazadi. Bu haqda Turin klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

"Yuventus" futbolchining ijarasini 2022 yil yozigacha uzaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Avvalroq, ijara shartnomasini yangilash italiyaliklarga 10 million evroga tushishi haqida xabar berilgan edi. Shu bilan birga, "Yuve" 45 million evro evaziga futbolchini to‘liq sotib olish huquqini ham saqlab qoladi.

28 yoshli Morata o‘tgan mavsum "Yuventus" tarkibida barcha turnirlarda jami 44 uchrashuv o‘tkazdi. U ushbu o‘yinlarda o‘z hisobiga 20 ta gol va 12 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Morataning “Atletiko” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!