Rasman. Myuller Kanada klubi bilan shartnoma imzoladi
35 yoshli yarim himoyachi Tomas Myuller rasman Kanadaning "Vankuver Uaytkeps" klubi bilan shartnoma imzoladi. U Myunxenning "Bavariya" jamoasini erkin agent sifatida tark etgan edi.
MLS klubi bilan tuzilgan kelishuv 2025 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Shuningdek, shartnomada 2026 yil uchun "tayinlangan futbolchi qoidasi" (Designated Player Rule) ham ko‘zda tutilgan. Bu qoida klubga maosh limitiga tushmaydigan yuqori maoshli futbolchilarni yollash imkonini beradi.
Myuller faoliyati davomida "Bavariya" safida 756 ta uchrashuvda maydonga tushib, 250 ta gol va 276 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar