
Rasman! "Navbahor" ikki futbolchisi bilan xayrlashdi
Rasman "Navbahor" Davronbek Hoshimov va Ignatiy Nesterov jamoani tark etganini ma’lum qildi.
"Hoshimov “Navbahor” tarkibiga 2020 yilning 2-davrasida qo‘shilib, 2023 yil yakuniga qadar o‘ynadi. “Lochinlar” tarkibidagi 3,5 yillik faoliyati davomida tajribali futbolchi Superliga bahslarida jami 65 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta golga assistentlik qildi.
“Navbahor”ning so‘nggi yillardagi muvaffaqiyatlariga tajribali himoyachi munosib hissa qo‘shdi.
Davronbek Hoshimovga “Navbahor”dagi faoliyati uchun klubimiz va muxlislar nomidan minnatdorchilik bildirib, yangi jamoasida omad yor bo‘lishini tilaymiz".
"Nesterov “lochinlar” tarkibiga o‘tgan mavsumning 2-davrasida qo‘shilgandi. Ignatiy Nesterovga “Navbahor”dagi faoliyati uchun klubimiz va muxlislar nomidan minnatdorchilik bildirib, yangi jamoasida omad yor bo‘lishini tilaymiz", - deyiladi “Navbahor” PFK matbuot xizmati bayonotida.
Fikrlar