
Rasman! "Navbahor" legioneri Zoran Marushich qaysi jamoada o‘ynashi ma’lum bo‘ldi (Foto)
Superliga-2022 oldidan "Navbahor" safiga kelib qo‘yilgan serbiyalik Zoran Marushich jamoani tark etdi.
2021 yilgi mavsumni Tbilisining “Dinamo” jamoasi tarkibida o‘tkazgan hujumchi yana sobiq klubiga qaytdi. Bu haqda "Dinamo" matbuot xizmati xabar berdi.
Zoran Superligada 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 1891 daqiqa to‘p tepgan holda, raqiblar darvozasiga 11 ta gol urib, 2 ta golga assistentlik qildi, ya’ni, jamoaning mavsum – 2022dagi to‘purariga aylandi.
O‘zbekiston kubogi bellashuvlarida esa 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 624 daqiqa to‘p tepgan holda, bitta golga mualliflik qildi.
Yil boshida Marushich "Navbahor" bilan mavsum oxiriga qadar bo‘lgan bitimni imzolagandi. Endi u sobiq jamoasiga qaytdi. Namanganliklar matbuot xizmati 17 dekabr kuni Marushich jamoani tark etganini ma’lum qilgandi.
Fikrlar