
Rasman! "Neftchi" serbiyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi
Yangi mavsumga poytaxtda tayyorgarlik ko‘rayotgan "Neftchi" o‘quv-yig‘in jarayonida ko‘rikka taklif etilgan futbolchilar bilan shartnoma imzolashda davom etmoqda.
Bugun jamoa ko‘rigida bo‘lib turgan va murabbiylar shtabida iliq taassurotlar uyg‘otgan serbiyalik hujumchi Marko Obradovich bilan o‘zaro kelishuvga erishildi. Unga ko‘ra, futbolchi joriy mavsum oxirigacha "Neftchi" PFK jamoasi sharafini himoya qiladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fikrlar