
Rasman! "Neftchi" tajribali posboni bilan shartnoma uzaytirilganligini e’lon qildi (video)
Akbar To‘raev "Neftchi" bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Superliganing boshqa jamoalari kabi "Neftchi"da ham tarkibni yangilash va kuchaytirish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Bugun jamoani tajribali va etakchi darvozaboni hisoblangan, ko‘p uchrashuvlarda "Neftchi" darvozasini ishonch bilan himoyalab, jamoa muvaffaqiyatlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Akbar To‘raev o‘z faoliyatini yana farg‘onaliklar safida davom ettirishga qaror qilib, shartnoma muddatini uzaytirdi.
"Jamoamiz a’zolari va ko‘p sonli muxlislarimiz nomidan unga yangi mavsumda yangi zafarlar tilaymiz", - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.
Fikrlar