Rasman! Noyer "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirdi!

  • 23 may, 2022, 15:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" darvozabon Manuel Noyer bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, yangi bitim 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.

36 yoshli kiper 2011 yildan beri myunxenliklar sharafini himoya qilib keladi. U 2017 yildan beri jamoa sardori hisoblanadi.

Joriy mavsum Noyer klub safida 38 uchrashuvda maydonga tushib, 36 ta gol o‘tkazib yubordi va 14 uchrashuvda darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.

Manuel "nemis mashinasi" bilan 10 marta Germaniya chempionligi, 5 marta Germaniya kubogi va 6 marta Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, 2 marta Chempionlar ligasi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va Evropa superkubogida zafar quchgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!